Asosiy qismga oʻtish
Botni ochish

Mijoz telefonni koʻtarmayaptimi? Unga Telegramda yozing.

Raqamni GetLead botiga yuboring — bir necha soniyada shu raqam ochilgan Telegram akkaunti va “Yozish” tugmasi keladi. Kontaktlarga saqlash, qoʻlda qidirish shart emas.

Bot ochiladi va shu raqamni oʻzi tekshiradi.

  • 20 ta tekshiruv bepul
  • Topilmasa limit ayrilmaydi
  • Hammasi Telegram ichida
Namuna
Bugungi lidlarSaytdan kelgan arizalar
  • +998 90 ••• •• 14Kurs boʻyichaJavob yoʻq
  • +998 93 ••• •• 72Narx soʻradiTelegram topildi
  • +998 97 ••• •• 05Qayta qoʻngʻiroqJavob yoʻq
  • +998 99 ••• •• 38Yangi arizaTekshirilmagan

Qaysi holat sizga tanish?

Oʻzingizga mosini tanlang — GetLead aynan shu joyda nima oʻzgartirishini koʻrsatamiz.

    Uch qadam, birinchi natija — bir daqiqada

    Ilova oʻrnatish, roʻyxatdan oʻtish formasi yoki karta ulash yoʻq. Hammasi bitta Telegram bot ichida.

    1. Botni oching va raqamingizni ulashing

      Bitta tugma. Shu zahoti 20 ta bepul tekshiruv beriladi.

    2. Mijoz raqamini yuboring

      Istalgan koʻrinishda: 90 123 45 67, +998… yoki kontakt kartasi. Bir xabarda 20 tagacha raqam.

    3. Kartani ochib, yozing

      Topilgan akkaunt kontakt kartasi boʻlib keladi — “Xabar yozish” tugmasi bilan suhbat darhol ochiladi.

    Butun boʻlim bitta guruhda, limit — umumiy

    Har bir menejerga alohida tarif sotib olish shart emas. Botni ishchi guruhingizga qoʻshing — guruhdagi har kim raqam yozadi, limit esa homiylarning umumiy hisobidan yechiladi.

    • Botni guruhga admin qilib qoʻshing va /ulash yozing.
    • Bir nechta odam tarif olgan boʻlsa, limitlari qoʻshiladi. Raqamni homiy oʻzi yozsa — uning limitidan, boshqa aʼzo yozsa — limiti eng koʻp homiydan.
    • /sozlash orqali kim yoza olishini tanlaysiz: hamma yoki faqat adminlar. /balans umumiy qoldiqni koʻrsatadi.
    Aziz
    100
    Malika
    100
    Sardor
    100
    Guruhda ishlatish mumkin300

    Faqat topilgan kontakt uchun toʻlaysiz

    Raqam Telegramda boʻlmasa yoki egasi uni yashirgan boʻlsa — limit joyida qoladi. Oldin 20 ta bepul tekshiruv bilan sinab koʻring.

    300 ta
    101 0002 0003 000

    Toʻlov karta orqali: botda tarifni tanlaysiz, oʻtkazma chekini yuborasiz, tasdiqlangach limit avtomatik qoʻshiladi. Doʻstingizni taklif qilsangiz — ikkalangizga 10 tadan bonus.

    Halol ishlaydi — siz uchun ham, mijoz uchun ham

    GetLead xakerlik vositasi emas. U faqat Telegram oʻzi har kimga koʻrsatadigan narsani tez va qulay qiladi.

    Maxfiylik sozlamalari hurmat qilinadi

    Kimdir Telegramda “raqamim boʻyicha topilmasin” deb qoʻygan boʻlsa, uni GetLead ham topmaydi. Bunday tekshiruv uchun limit yechilmaydi.

    Sizga raqam qoldirganlar uchun

    Eng yaxshi natija — ariza qoldirgan, narx soʻragan, lekin qoʻngʻiroqqa ulgurmagan mijozlar bilan. Begonalarga ommaviy reklama yuborish Telegram akkauntingizni cheklashi mumkin.

    Tarixingiz oʻzingizda

    Botda /tarix — kimni qachon tekshirganingiz va kartani qayta olish. Pullik tariflarda butun tarixni Excel faylga yuklab olasiz.

    Koʻp beriladigan savollar

    Raqam topilmasa nima boʻladi?

    Bot “topilmadi” deb javob beradi va limitingiz kamaymaydi. Odatda bu raqamda Telegram yoʻqligini yoki egasi raqam boʻyicha qidiruvni yopib qoʻyganini bildiradi.

    Qancha vaqt ketadi?

    Bitta raqam — bir necha soniya. Bir xabarda 20 tagacha raqam yuborsangiz, bot ularni navbat bilan tekshirib, har biriga alohida javob beradi.

    Mijoz raqami tekshirilganini bilib qoladimi?

    Tekshiruvning oʻzi mijozga hech qanday xabar yubormaydi. U sizni faqat “Xabar yozish” tugmasini bosib, oʻzingiz yozganingizda koʻradi.

    Unlim tarifi qanday ishlaydi?

    Tanlangan muddat davomida tekshiruvlar limitdan yechilmaydi. Suisteʼmolning oldini olish uchun kuniga 200 ta yangi tekshiruv chegarasi bor — oddiy ish uchun bu yetarli.

    Toʻlov qanday qilinadi?

    Botda “Tariflar” tugmasi orqali tarifni tanlang, koʻrsatilgan kartaga oʻtkazma qiling va chekni botga yuboring. Toʻlov tasdiqlangach limit avtomatik qoʻshiladi va bot xabar beradi.

    Guruhda ishlatsam, kim qancha ishlatganini koʻrish mumkinmi?

    Ha. /balans umumiy qoldiqni koʻrsatadi, har bir homiy esa botdagi “Guruhlarim” boʻlimidan guruh tarixini Excel qilib oladi.

    Savolim boshqa boʻlsa?

    Qoʻllab-quvvatlash botiga yozing: @getlead_supportbot.

    Bugungi javob bermagan lidlaringizdan boshlang

    Birinchi 20 ta tekshiruv bepul. Karta kerak emas — faqat Telegram.

    Botni ochish